Ukrain uçuvçisiz apparatlari (dronlar) Tula viloyatidagi sintetik kauçuk işlab çiqariş zavodiga hujum qildi. Dronlar reydi va “korxonalardan birining hududida” yonğin yuz bergani haqida mintaqa gubernatori Dmitriy Milyayev 24 dekabr, çorşanba kuni xabar berdi. Uning aytişiça, Rossiya havo mudofaasi kuçlari 12 ta ukrain dronini tutib qolgan — ularning parçalari xususiy uyning fasadi va oynavand qismiga şikast yetkazgan. Milyayev ta’kidlaşiça, dronlar hujumi natijasida heç kim jabr körmagan.
Astra naşri xabar berişiça, dronlar hujumiga Yefremov zavodi — Rossiyada past molekulyar sintetik kauçuklarning eng yirik işlab çiqaruvçisi uçragan. Uning mahsuloti, jumladan, mudofaa maqsadidagi buyumlarni tayyorlaşda işlatiladi: masalan, harbiy yuk maşinalari, zirhli transportyorlar va aviatsiya texnikasi uçun şinalar işlab çiqarişda. Ukrainadagi Exilenova+ Telegram-kanali qayd etişiça, korxonadagi yonğinni AQŞning Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boşqarmasi (NASA) sun’iy yöldoşlari ham qayd etgan.
RF Mudofaa vazirligi esa 24 dekabrga ötar keçasi Rossiya mintaqalari ustida jami 172 ta uçuvçisiz apparat urib tuşirilganini da’vo qildi, ularning köpçiligi Bryansk, Belgorod, Kaluga va Tula viloyatlari ustida bölgan.
UQK Havo kuçlari qömondonligi ma’lumotiga köra, 24 dekabrga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga 116 ta dron bilan hujum qilgan. Bundan taşqari, RF QK energetika infratuzilmasiga, jumladan Xarkiv atrofidagi issiqlik elektr stansiyasiga ham aniq zarbalar bergan. Şahar meri Igor Terexov aytişiça, hujum oqibatida bir kişi halok bölgan, yana 11 kişi yaralangan.













