Iqtisodiyot | 22:56 / 25.10.2018
25640
2 daqiqa o‘qiladi

Endi xorijiy valyutalarni bankomatlar orqali komissiyasiz konvertatsiya qilish mumkin

Foto: KUN.UZ

Umumrespublika yagona protsessing markazi (UYaPM) tomonidan CINEO C4560 modelidagi yangi bankomatlarga UzSard kartalari egalariga xizmat ko‘rsatish dasturiy ta'minot o‘rnatilgan, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘p funksionalli CINEO C4560 bankomatlari jahonning yetakchi Diebold Nixdorf konserni tomonidan yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda bunday modeldagi bankomatlarning O‘zbekistonning bir necha banklari xarid qilishgan.

Qayd qilinishicha, CINEO C4560 bankomatining asosiy afzalliklaridan biri pul mablag‘larini konvertatsiya qilishdan iborat, ya'ni endi xorijiy valyutani so‘mga to‘g‘ridan to‘g‘ri bankomat orqali konvertatsiya qilish (ayriboshlash) mumkin. Valyuta kursi muayyan bankomatga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan o‘rnatiladi, bu holda karta egasidan komissiya to‘lovi olinmaydi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, yangi CINEO C4560 bankomatlari bankning butun bir bo‘limi o‘rnini bosishi mumkin, chunki standart funksiyalar bilan bir qatorda ular boshqa bankomatlar taqdim eta olmaydigan qator xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Mavzuga oid