Jahon | 21:18 / 25.10.2018
88492
2 daqiqa o‘qiladi

Eng toza havoga ega davlat ma'lum qilindi  

AQShning atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi prezident Donald Trampning “Amerika dunyodagi eng toza havoga egaligi” haqidagi so‘zlari xatoligini ma'lum qildi. Agentlik vakillarining fikricha, Tramp xato qilib, o‘z tviti uchun havoda og‘ir zarralar miqdori haqidagi ma'lumotlarni qo‘llagan.  

Foto: twetter\Donald Trump

Olimlarning ta'kidlashicha, AQSh xaritada oq rang bilan belgilangani sababli u yerda havo toza bo‘la olmaydi. Ekologlarning ta'kidlashicha, dunyo xaritasida Rossiya va boshqa davlatlar ham shunday rangda belgilangan. 

Olimlar dunyodagi eng toza havoga Yangi Zelandiya egaligini aniqlashgan. Yirik ishlab chiqarishlarning shaharlar tashqarisiga olib chiqilishi, ekologik me'yorlarga qat'iy amal qilish Yangi Zelandiya hukumatiga ekologiya va hududning tozaligi bilan bog‘liq bir necha muammoni hal qilishga imkon bergan.

Shu bilan birga eng ekologik toza va yashash uchun yaroqli yirik shaharlarga ega davlat nomini Shvetsiya o‘zida saqlab turibdi. Olimlarning fikricha, skandinavlar chiqindilarni utillashtirish, oqova suvlarni filtrlash va boshqa ko‘plab ekologik masalalarda hammadan ilgarilab ketishgan. 

Mavzuga oid