O‘zbekiston | 00:57 / 12.04.2026
3049
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston prezidentining “Toza havo” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi 

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev 11 aprel kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko‘plab masalalarni muhokama qildi. O‘zbekiston tomoni suv resurslaridan oqilona foydalanish va mintaqaviy ekologik tashabbuslarni ilgari surish, shu jumladan chegaradosh hududlarda “Toza havo” loyihalarini amalga oshirishni ilgari surdi. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Toza havo” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbarining matbuot  xizmati ma’lum qildi.

“Toza havo bo‘yicha tashabbusingizni qo‘llab-quvvatlashimni alohida bildiraman. Toshkentdagi ekologik holat borasidagi tashvishlaringizga qo‘shilaman. Bizda, Olmaotada vaziyat juda og‘ir. Afsuski, Olmaota dunyodagi eng ifloslangan yirik shaharlar ro‘yxatida va shoshilinch choralar ko‘rish zarur.

Shu bois, agar e’tiroz bildirmasangiz, bugun “Toza havo” tashabbusini ikki mamlakat hukumatlari ijrosida prezidentlar homiyligi ostida birgalikda amalga oshirishni taklif qilishimiz mumkin. Davlatlarimiz jamoatchiligi va xalqaro hamjamiyat buni ijobiy qabul qiladi deb o‘ylayman. Darhaqiqat, ushbu tashabbus doirasida ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin. Bu mahalliy hokimiyatlarni ham, tadbirkorlarni ham ekologiya va umuman, tabiatni muhofaza qilish masalasida yanada mas’uliyatli bo‘lishga undaydi”, — deyiladi Qosim-Jo‘mart To‘qayevning munosabatida.

11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxorodagi uchrashuvda ko‘plab masalalarni muhokama qildi. O‘zbekiston tomoni suv resurslaridan oqilona foydalanish va mintaqaviy ekologik tashabbuslarni ilgari surish, shu jumladan chegaradosh hududlarda “Toza havo” loyihalarini amalga oshirishni ilgari surdi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid