XXR: Xitoy armiyasi qurollanish poygasiga qo‘shilmaydi
Xitoy armiyasi har doim tinch rivojlanish yo‘liga sodiq qoladi, hech qachon boshqalarga tahdid solmaydi va qurollanish poygasi yoki harbiy ekspansiyaga qo‘shilmaydi. Bu haqda Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe Pekindagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha sakkizinchi Syanshan forumining ochilish marosimida ma'lum qildi.
«Harbiy rivojlanishimizning strategik maqsadi doimo ochiq va shaffof bo‘lib kelgan. Xitoy armiyasi tinch rivojlanish yo‘liga qat'iy sodiq, biz tinchlikni yaxshi ko‘ramiz va qadrlaymiz, shuning uchun tinch rivojlanish yo‘li bizning davlat siyosatiga aylandi», - deya ma'lum qildi Vey Fenxe.
Uning qayd etishicha, «Xitoy armiyasi hech qachon, rivojlanish darajasidan qat'iy nazar, boshqa mamlakatlar uchun tahdid bo‘lmaydi, biz gegemoniyaga intilmaymiz, harbiy ekspansiya hamda qurollanish poygasida ishtirok etmaymiz».
«Xitoy «sovuq urush» mentaliteti, qurollanish poygasi, ba'zi mamlakatlarning xudbinligiga qarshidir. Xitoy qarama-qarshilik va ittifoqlar tuzish emas, balki ochiqlik va inklyuzivlikka rioya qilmoqchi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShning raketalar bo‘yicha talabiga javob bergandi.
Mavzuga oid
12:30 / 01.11.2024
Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
11:50 / 14.10.2024
WP: YeI qurol yetkazib berish o‘rniga Ukraina HSKga sarmoya kiritmoqda
09:20 / 14.10.2024
Zelenskiy ukrain qurollarini ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida
07:20 / 18.09.2024