Xitoy AQShning raketalar bo‘yicha talabiga javob berdi
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilishi zarurligi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati Tramp va uning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning bitim bo‘yicha so‘zlariga e'tibor qaratdi. Xua Chuninning ta'kidlashicha, O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitim AQSh va SSSR o‘rtasidagi ikki tomonlama hujjat bo‘lgan.
«Xitoy har doim o‘zining milliy mudofaa siyosatining mudofaa xususiyatiga sodiq qoladi, o‘z davlat manfaatlarini himoya qiladi. Xitoy hech bir mamlakat tomonidan ehtimoliy shantajga toqat qilib o‘tirmaydi», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Putinning yadro zarbasidan keyingi «jannat» haqidagi so‘zlariga izoh bergandi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024