Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiya eng korruptsion mamlakatlar qatorida
Jahon iqtisodiy forumi (JIF) seshanba kuni "Raqobatbardoshlik to‘g‘risidagi global hisobot" doirasida korrupsiya indeksini e'lon qildi. JIF saytida shu haqida xabar berildi.
Ta'kidlanishicha, JIF korrupsiya indeksi bilan bog‘liq metodologiyani qo‘llab, dunyoning 140 mamlakatidagi korrupsiya darajasini 0 dan 100 ballgacha baholagan. 100 ball mamlakatda korrupsiya yo‘qligini bildiradi, nol esa - korrupsiya avjida ekanini. Umuman olganda esa, 30 va undan past ball berilgan mamlakatlar korrupsiya eng ko‘p qayd qilinuvchi mamlakatlar hisoblanadi.
Yaqin qo‘shnilardan Tojikiston - 21, Qirg‘iziston va Rossiya - 29, Ukraina - 30 ball bilan eng korruptsion mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi.
O‘zbekiston, Turkmaniston va Belarus Indeksda yo‘q.
JIF ma'lumotlariga ko‘ra, eng korruptsion mamlakatlar Afrika, Markaziy Amerika va Yaqin Sharq, ya'ni qonun tizimlari zaif jamiyatlarga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
14:54 / 11.02.2026
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi joriy etiladi
07:19 / 03.02.2026
Eng aqlli davlatlar reytingi: IQ bo‘yicha top-10 mamlakat
20:47 / 30.01.2026
O‘zbekiston mazali taomga ega davlatlar reytingidan tushib ketdi
16:58 / 26.01.2026