Bu reyting HP’ning 2026 yilgi yangilangan savdo ma’lumotlariga asoslangan bölib, u barça davrlarning eng köp sotilgan öyinlarini taqqoslaydi. Birinçi örinda 520 milliondan ortiq nusxada sotilgan Tetris turibdi. Biroq uning yetakçiligi bahsli hisoblanadi: 1984 yildan buyon öyin önlab turli platformalarda çiqarilgan.

Tarixdagi eng köp sotilgan videoöyinlar reytingi / © Visual Capitalist

Tetris an’anaviy ravişda eng köp sotilgan öyin sifatida köriladi, ammo bu yerda hammasi hisoblaş uslubiga boğliq. Öyin önlab yillar davomida qayta-qayta çiqarilgani uçun 520 million nusxa körsatkiçiga yeta olgan. Ayrim tahlilçilar esa har bir versiyani alohida hisoblaşni ma’qul köradi — bunday yondaşuvda Minecraft yagona mahsulot sifatida tarixdagi eng köp sotilgan öyinga aylanadi.

E’tiborlisi, öyin industriyasining uzoq tarixiga qaramay, rekordçi öyinlarning aksariyati 2010 yildan keyin çiqqan. Minecraft, Grand Theft Auto V va Terraria kabi loyihalar raqamli tarqatiş, doimiy yangilanişlar va global öyinçilar hamjamiyatiga ötiş jarayonini yaqqol aks ettiradi.

2009 yilda şved studiyasi Mojang Minecraft uçun erta kiriş imkoniyatini oçgan. U öziga xos janrdagi öyin bölib, unda öyinçilar katta onlayn dunyoda quriş, tadqiq qiliş, jang qiliş va özaro muloqot qiliş imkoniga ega.

Qariyb yigirma yil ötib, Minecraft zamonaviy davrning eng muhim öyinlaridan biriga aylandi va butun dunyo böylab 350 million nusxada tarqaldi. 2014 yilda Microsoft kompaniyasi Mojanğni 2,5 milliard dollarga sotib olgan.

Bugungi kunda öyin atrofida ulkan muxlislar hamjamiyati şakllangan: har yili Minecon konvensiyasi ötkaziladi, 2025 yilda esa A Minecraft Movie filmi ekranga çiqib, prokatda 960 million dollardan ortiq mablağ yiğdi.

2026 yil noyabr oyida Grand Theft Auto VI çiqişi kutilmoqda. Unga bölgan katta qiziqişning asosiy sabablaridan biri — oldingi qism, ya’ni Grand Theft Auto V muvaffaqiyatidir. Bu öyin 2013 yilda relizdan atigi uç kun ötib, 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan va öz davrining eng tez sotilgan köngiloçar mahsulotiga aylangan.

Şundan buyon Grand Theft Auto V 225 milliondan ortiq nusxada sotildi va hatto konsol bilan birga tarqatilgan Wii Spors (83 million) kabi maşhur loyihalarni ham ortda qoldirdi.