O‘zbekiston | 14:37 / 25.10.2018
7149
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Afg‘onistonda yangi elektr uzatish liniyasi qurishni tezlashtiradi

Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston «Surxon - Puli-Xumri» yangi elektr uzatish liniyasi qurilishini belgilangan muddatdan avval - 2019 yil dekabrigacha tugatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

«O‘zbekenergo»dan xabar qilishlaricha, loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida joriy yilda ishchi guruh tuziladi. Dastlab qiymati 150 mln dollar bo‘lgan loyihani (118 millioni - afg‘on tomoni mablag‘lari) 2020 yil oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgandi.

O‘zbekiston joriy yilda 500 kV quvvatga ega yangi elektr uzatish liniyasi qurishni boshladi. Uning qurilishiga oid bitim ikki davlat hukumatlari tomonidan prezident Ashraf G‘anining 2017 yil dekabr oyida Toshkentga tashrifi chog‘ida imzolandi.

Uzunligi 260 km bo‘lgan elektr uzatish liniyasi O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini 70%ga - yiliga 6 mlrd kVt.s.gacha oshirish imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid