Jahon | 15:06 / 26.10.2018
8297
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Saudiya bosh prokurori Turkiyaga keladi

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni bosh prokurori muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishini tergov qilish uchun Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Shuningdek, u podshohlikni jurnalistning o‘ldirilishi haqidagi barcha ma'lumotlarni oshkor etishga chaqirdi.

«Ular 18 kishini hibsga oldilar va jurnalistni aynan kim o‘ldirganini juda yaxshi bilishadi. Mahalliy shaxslardan kim yordam berganini ham ma'lum qilish kerak. 15 kishilik guruhga kelish haqida buyruq bergan kim? Uning jasadi qayerda? Buni tushuntirish kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti Qoshiqchi ishi bo‘yicha kutilmagan bayonot bilan chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid