Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Turkiyada ikki ayolning oyog‘i ostidagi asfalt o‘pirilib tushdi
Turkiyaning Diyorbakir shahrida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi. Kuzatuv kameralariga ikki ayol qo‘qqisdan asfalt o‘pirilishi oqibatida yer ostiga kirib ketgani yozib qolingan.
Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, ikki ayol gaplashib ketayotgan paytda yo‘lak birdaniga o‘pirilib tushgan. Ular asfalt bo‘laklari bilan birga bir necha metrlik chuqurga qulab tushishgan.
Voqea guvohlari jabrlanuvchilarga yordamga shoshilishgan.
DHA agentligi ma'lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026