Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya neft tanqisligiga duch keldi
Foto: REUTERS/Wolfgang Rattay
Germaniya ba'zi federal yerlarni yonilg‘i bilan ta'minlash uchun neftning strategik zaxirasidan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda Germaniya iqtisodiyot vaziri ma'lum qildi.
Muammo qurg‘oqchil yoz sababli yuzaga kelgan. Buning oqibatida Germaniyaning bosh daryosi Reynda suv sathi pasaygan. Daryo shunchalik sayozlashib ketganki, neft tankerlari to‘liq yuklanganda u orqali o‘tolmay qolgan.
Strategik zaxiradan 84 ming tonna benzin, 180 ming tonna dizel yoqilg‘isi va 67 ming tonna aviatsion kerosin olinadi. Hukumatning bayonotiga ko‘ra, gap uzoq davom etuvchi inqiroz haqida ketmay, strategik zaxiradan yonilg‘ini faqat ba'zi yerlargina oladi.
Germaniya strategik zaxirasida 24 mln tonna neft xomashyosi va neft mahsulotlari saqlanadi. Bu zaxira evaziga favqulodda vaziyatda 90 kun davomida avtotransport ishi, havo tashuvlari va kimyo sanoati uchun xomashyo yetkazib berilishini ta'minlash mumkin.
Mamlakatda ushbu zaxira 40 yil avval to‘plana boshlangan. Shu vaqt ichida undan 3 martagina foydalanilgan: Iroqdagi urush, Liviyadagi inqiroz va AQShdagi “Katrina” dovuli vaqtida.
Mavzuga oid
10:20
Trampning 10 foizlik boj tahdidi: Berlindan keskin bayonotlar
20:15 / 18.01.2026
Nemis harbiylariga Grenlandiyani darhol tark etish buyurildi - OAV
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
16:38 / 16.01.2026