Germaniya ba'zi federal yerlarni yonilği bilan ta'minlaş uçun neftning strategik zaxirasidan foydalanişga majbur bölmoqda. Bu haqda Germaniya iqtisodiyot vaziri ma'lum qildi.

Muammo qurğoqçil yoz sababli yuzaga kelgan. Buning oqibatida Germaniyaning boş daryosi Reynda suv sathi pasaygan. Daryo şunçalik sayozlaşib ketganki, neft tankerlari töliq yuklanganda u orqali ötolmay qolgan.

Strategik zaxiradan 84 ming tonna benzin, 180 ming tonna dizel yoqilğisi va 67 ming tonna aviatsion kerosin olinadi. Hukumatning bayonotiga köra, gap uzoq davom etuvçi inqiroz haqida ketmay, strategik zaxiradan yonilğini faqat ba'zi yerlargina oladi. 

Germaniya strategik zaxirasida 24 mln tonna neft xomaşyosi va neft mahsulotlari saqlanadi. Bu zaxira evaziga favqulodda vaziyatda 90 kun davomida avtotransport işi, havo taşuvlari va kimyo sanoati uçun xomaşyo yetkazib berilişini ta'minlaş mumkin.

Mamlakatda uşbu zaxira 40 yil avval töplana boşlangan. Şu vaqt içida undan 3 martagina foydalanilgan: Iroqdagi uruş, Liviyadagi inqiroz va AQŞdagi “Katrina” dovuli vaqtida.