Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shota Arveladze: «Murabbiylik faoliyatimdagi ilk finalda jamoani boshqaraman»
O‘zbekiston Kubogi finalidan o‘rin olgan OKMK - «Paxtakor» o‘yinidan oldin, toshkentliklar ustozi Shota Arveladze va yarimhimoyachisi Sherzod A'zamov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
«Final bir o‘yindan iborat va undagi xatoni tuzatib bo‘lmaydi. Finalgacha ishonch bilan yetib keldik. Uni ijobiy yakunlashni xohlaymiz. Raqib kuchli, oxirigacha kurashadigan jamoa. Lekin biz 7 yillik tanaffusdan so‘ng ushbu sovrinni yutishni istaymiz
Ertaga murabbiylik faoliyatimda birinchi finalda jamoani boshqaraman. Bunday o‘yinlar hamisha yoqimli. Raqib himoyada yaxshi o‘ynaydi, standart vaziyatlardan foydalanishga urinadi. Lekin biz kuchli jihatlarimizni namoyish etishga intilamiz», - dedi Shota Arveladze.
«Finalda jiddiy raqib bilan to‘qnashamiz. Ular safida mahoratli o‘yinchilar bor. Biz esa faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Kubokni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdim, hozir yaxshi holatdaman», - dedi Sherzod A'zamov.
OKMK - «Paxtakor» o‘yini Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida 28 oktabr kuni soat 15:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026