O‘zbekiston | 17:30 / 27.10.2018
145341
2 daqiqa o‘qiladi

Tizzasigacha suvga botgan oltovlon: Ularni bu ahvolga solganlarga jazo beriladimi?

27 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasi yonidagi ariqqa tushib turgan 6 nafar kishining suratlari tarqaldi.

Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Suratda ko‘rinib turibdiki, olti nafar xodim qaysidir «aybi» uchun jazo sifatida tizzasigacha ariqdagi suvga tushirib qo‘yilgan.

Mazkur voqea aynan qayerda va qachon ro‘y bergani, suratlarda aynan kimlar tasvirlangani haqida hozircha aniq ma'lumot yo‘q.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida «ushbu rasmda suratga olingan joy va sharoitni aniqlashga yordam beruvchi har qanday ma'lumotlar haqida xabar berishingizni so‘raydi», deb xalqqa murojaat qiladi va bog‘lanish uchun telefon raqamini ham qoldirgan:

Telefon/Telegram: +998 (95) 145-88-44.

Kun.uz tahririyati ham fuqarolarni bu tarzda tahqirlash, ularning huquqlarini poymol etish fakti yuzasidan o‘z surishtiruvini boshlagan. Voqea yuzasidan ma'lumotga ega bo‘lganlar uni @Uzmuxbir Telegram akkauntiga tashlab berishi so‘raladi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid