Sport | 02:10 / 28.10.2018
5426
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. "Atletiko" "Real Sosedad"ni mag‘lub etib, peshqadamga aylanib oldi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionati 10-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

"Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi – 2:0

45-daqiqada Godin hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Filipe Luis ham o‘z nomiga bitta gol yozdirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shu tariqa "Atletiko" 19 ochko bilan musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. 2-o‘rinda borayotgan "Barselona" hisobda 18 ochko va zaxirada bir o‘yin bor. 

Atletiko – Real Sosedad 2:0

Gollar: 1:0 – 45 Godin, 2:0 – 60 Filipe Luis.
Atletiko – Oblak, Godin, Lyuka Ernandes (Filipe Luis, 46), Aryas, Savich, Koke, Rodri Ernandes, Saul, Korrea (Lemar, 82), Diyego Kosta, Grizmann.
Real Sosedad – Moyya, Elustondo, Rodriges, Gorosabel, Navas, Ilyarramendi, Subeldiya, Surutusa (Sandro Ramires, 59), Pardo, Sangali (Yanuzay, 81), Villian Joze (Xuanmi, 68).
Ogohlantirishlar: Subeldiya (44), Koke (49), Savich (53).
 

Selta – Eybar 4:0
Gollar: 1:0 – 5 Aspas, 2:0 – 36 Aspas, 3:0 – 56 Brais Mendes, 4:0 – 82 Aspas.

Levante – Leganes 2:0
Gollar: 1:0 – 14 Marti, 2:0 – 90 Rochina.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid