«SASSUOLO» – «INTeR» (28 noyabr, 19:00)

Ötgan yilning şu vaqtida juda örinli va muvaffaqiyatli avlodlar almaşinuvi ötkazayotgandek tasavvur uyğotgan «Inter» bir yil içida şu darajaga yetdiki, Antonio Konte iste'foga yaqinlaşib qoldi. Ayniqsa, sönggi paytlar öta muvaffaqiyatsiz keçmoqda – milanliklar oxirgi uçraşuvning atigi ikkitasida ğalaba qozondilar xolos. Natijada jamoa beşinçi öringa tuşib ketdi, Çempionlar Ligasida keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyati ham endi Konte şogirdlariga boğliq emas.

Mana şunday pallada muhim ğalaba qozonib, peşqadamlar safiga kirib oliş «Inter»ga ayni muddao bölardi, ammo raqib bu safar anoyi emas. «Sassuolo» bu mavsumda «Milan» va «Yuventus» bilan birga mağlubiyat nimaligini bilmayotgan uç jamoadan biridir. «Sassuolo» turnir jadvalida 2-poğonada bormoqda, urilgan gollar soni böyiça eng yaxşi körsatkiç ularda - «Atalanta»ga salom! Xullas, bu yilgi A Seriya yana bir kaşfiyot jamoa taqdim etmoqda. «Sassuolo»ning asosiy yutuği, sönggi yillardagi yetakçilar, jumladan Boga, Berardi kabi futbolçilarni öz safida saqlab qolganidir. Faqat bir jihatga alohida e'tibor beriş kerak. «Sassuolo» uydan köra safarda samaraliroq töp suryapti. Jamoa safardagi tört uçraşuvning barçasini ğalaba bilan yakunladi, raqiblar içida «Napoli» ham bor. Uyda esa tört öyinda uç durang.

Özaro öyinlarga qarasak, ayniqsa, ötgan mavsumdagi töqnaşuvlar çempionatni bezab bergandi. «Inter» safarda 4:3 hisobida yutgan bölsa, Milandagi öyinda 3:3 hisobi qayd etilgan. Umuman oxirgi 15 uçraşuvning 8tasida aynan «Sassuolo» ğalaba qozongani, jamoa «Inter» uçun öta noqulay raqib ekanini körsatadi.

Har ikki tomonda ham yaqinda sodir bölgan jarohatlar deyarli yöq. Lekin «Inter» kelasi haftada menxengladbaxliklar bilan YeÇLda hal qiluvçi uçraşuvda maydonga tuşişi, bu öyinga bölgan munosabatga ham ta'sir qilsa kerak.

«VALeNSIYa» – «ATLeTIKO» (28 noyabr, 20:15)

Asta sekinlik bilan «Atletiko»ning bu mavsum sovrini uçun eng asosiy da'vogar ekanini tan olayapmiz. «Real» ham, «Barselona» ham qatorasiga bir neça muvaffaqiyatli öyin ötkaza olmayaptilar. Zidan şogirdlarida jarohatlar köp, «Barselona» yangi murabbiy bilan ham “çöloqlanib” turibdi. Bunday pallada har doimgidek Simeone vaziyatdan foydalanişi kerak.

Çempionlar Ligasidagi öyinlarni inobatga olmasa, «Atletiko» Ispaniyada aynan barqarorlik borasida eng namunali jamoa bölib turibdi. Madridliklar qatorasiga beş öyinni ğalaba bilan yakunladilar, umuman hali mağlubiyat nimaligini bilmagan yagona jamoa bölib turibdi. Turnir jadvalida «Sosedad» peşqadam bölib turgan bölsa-da, «Atletiko» 2 öyin kam ötkazgan va yöqotilgan oçkolar böyiça yaqqol yetakçidir. Himoya çiziği esa doimgidek – Oblak 8 öyinda atigi 2 marotaba öz darvozasidan töp olib çiqdi, xolos.

«Valensiya» moliyaviy inqiroz tufayli yozda tarkib yetakçilaridan ayrildi. Jamoani «xavfli zona»dan atigi 4 oçko ajratib turibdi, xolos. Lekin bu öyinning anonsga tanlanganida sabablar köp – birinçidan, baribir «Valensiya» bu «Valensiya», ikkinçidan, jamoa peşqadamlarga qarşi dadil va işonçli töp surişini «Real»ga qarşi öyinda (4:1) ham kördik. «Valensiya» oxirgi 9 öyindan atigi 2 marotaba ğalaba qozondi, ammo bu yutuqlar «Real» ustidan yirik hisobda, şuningdek, peşqadam «Sosedad» bilan safar öyinida qölga kiritildi, Gayya, Soler, Vass, Paulista, Li Kan kabi futbolçilar bir jamoa uçun yulduzlar limitini töldira oladigan va top klublarning nazaridagi öyinçilardir. Uçinçidan, «Valensiya» «Atletiko» bilan özaro öyinlarda ham ança munosib harakat qiladi. Oxirgi tör öyindan uçtasida tomonlar murosa köçasini tanlaşgan. «Mestalya»dagi oxirgi – şu yilning fevralida bölib ötgan uçraşuv 2:2 hisobida yakunlangandi.

«Atletiko» bu öyinda qarşi kelişi mumkin bölgan yana bir muammo hujum çiziğidagi ijroçilar Luis Suares va Diyego Kostaning safda yöqligidir. Bu holatda oldingi çiziqda oson bölmayapti, masalan «Lokomotiv»ga qarşi YeÇL dagi uy uçraşuvida raqib darvozasi işğol qilinmadi.

«SAUTHEMPTON» – «MANÇeSTeR YuNAYTeD» (29 noyabr, 19:00)

Bu jamoalarning oxirgi 18 öyinida, ya'ni «Sauthempton» APL ga qaytganidan buyoğini oladigan bölsak, atigi bir marotaba, 2016 yilning avgustida «MYu» 2:0 hisobida ustun kelgan. Qarangki, qolgan barça öyinlarda yo durang, yo kimdir bir töp farqi bilan ğalaba qozongan. Şu faktning özi uşbu uçraşuvning juda murosasiz keçişini taxmin qilişimizga asos böladi.

Şuningdek, «Sauthempton» hozirda APLning eng yorqin va eng barqaror jamoalaridan biri – dastlabki 2 turda mağlubiyatga uçralganidan keyin qatorasiga 7 uçraşuvdan beri mağlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Ayniqsa, Ralf şogirdlari raqib maydonida faol pressingni amalga oşiriş böyiça liganing eng yaxşi jamoasi sanaladilar. Har qanday jamoa uçun juda noqulay raqib.

«Yunayted» esa, zör va öta yomon öyinlarni navbati bilan namoyiş qilib, barçani hayron qoldirişda davom etyapti. «Vest Bromviç»ga qarşi öyin ğalaba bilan yakunlangan bölsa-da, köpçilikning hafsalasini pir qildi, uç kun ötib esa, «Istambul»ga qarşi ança saviyali futbol namoyiş qilindi. Aynan şu safar nimani kutiş mumkinligini oldindan aytiş qiyin. Bir narsa aniqki, taşabbuskor va faol jamoalarga qarşi Sulşer ança yaxşi öyin qura oladi. «Sauthempton» ana şunday raqiblardan biri.

Tarkiblar borasida ikki frontda kuraşayotgan «Yunayted»da muammolar köp. Ammo «Sauthempton»ning yöqotişlari ança jiddiyroq ekanini aytiş mumkin. Dani Inggz va Natan Redmond ayniqsa, oldingi çiziqda katta xajmdagi işlarni amalga oşirişardi. Mehmonlardan, Sulşerning aytişiça, Pogba va Maktominey jamoaga yordam bera olmaydi. Bu aslida foyda, zero murabbiyga eng töğri tarkibni öylanib ötirmay tanlaş imkonini beradi. Agar «Sauthempton»ning pressingni yaxşi körişini inobatga olsak, bu borada Fred va Van De Bek juftligi ança foydali bölişi mumkin. Aaron van Bisakka va Lindelyof YeÇL öyinida yengil jarohat bilan öyinni erta tark etgan bölişsa-da, Sulşerning aytişiça, himoyaçilar yakşanba oqşomida tayyor bölişlari mumkin.

«ÇeLSI» – «TOTTeNHEM» (29 noyabr, 21:30)

«Çelsi» va «Tottenhem» sönggi ikki oydagi Angliyaning eng kuçli jamoalari deb bemalol aytiş mumkin. Natijalar ham bundan dalolat qilmoqda. «Çelsi» barça musobaqalarda 13 öyindan beri mağlubiyat nimaligini bilmayapti. Bu öyinlarning 8tasida gol ötkazilmaganini qayd etsak, ötgan yilgi «Çelsi»dan asosiy farq örtaga çiqadi – Silva va Mendining kelişi himoya çiziğini tartibga soldi.

«Tottenhem»da oxirgi 17 öyinda atigi 1 mağlubiyat. U ham, unça ahamiyatli bölmagan Yevropa ligasi doirasida ikkinçi tarkib bilan maydonga tuşilganda sodir bölgan. Bu seriyaning sababi Mourino şogirdlarining YeÇL emas, YeLda qatnaşayotganliklari va APL taqvimi ança oson bölganini aytib kelayotgandik, ammo ötgan turda «Mançester Siti» ustidan qozonilgan ğalaba barçasi jiddiyligini körsatdi. Demak, «Tottenhem» har qanday raqibni yuta oladi.

Angliyaning uşbu mavsumda eng yaxşi hujum («Çelsi») va eng yaxşi himoya («Tottenhem») töqnaşuvida qaysidir ijobiy seriyaga barham beriladi. Yoki sentyabrdagi Angliya liga kubogi bahsidek durang bilan ham tugaşi mumkin. Öşanda penaltilar seriyasida Lempard şogirdlari ğalaba qozongandilar.

Jarohatlar borasida mezbonlarda muammo yöq. Faqat Billi Gilmur safdan çiqqandi, u ham maşğulotlarga qaytgan. «Tottenhem»da esa, Lamela va Alderveyreldning jarohat olganidan taşqari, Lo Çelso, Steven Bergveyn va Ugo Lorisda kiçik muammolar bor. Bu nomlarning ba'zilari derbida yordam bera olmasligi mumkin.

Xullas, Mourino yana bir sobiq jamoasi maydoniga taşrif buyurmoqda. Oxirgisi yaqinda «Old Trafford»da röy bergani va natija qanday yakunlanganini eslatiş şart emas.

«NAPOLI» – «ROMA» (30 noyabrga ötar keçasi, 00:45)

Aytiş mumkinki, «Roma» va «Napoli» uşbu mavsumda Italiyaning eng yorqin jamoalardandir. Bu klublar iştirokidagi öyinlar juda şiddatli va gollarga boy bölmoqda. «Roma» 8 öyindan 17 oçko jamğarib, peşqadam «Milan»dan 3 oçko ortda qolgan holda 3-örinni egallab turibdi. Bu öyindagi ğalaba rimliklarni hatto turnir jadvalida karvonboşi qilişi mumkin, «Napoli» hisobida esa şunça öyindan 14 oçko bor. Peşqadamlardan uzoq masofada qolib ketmaslik uçun ham oçko yöqotişga haqqi yöq. Ğalaba «Napoli»ni «Roma»ga yetib olişini ta'minlaydi. Diyego Maradonani butun dunyo sönggi manzilga kuzatayotgan haftada «Napoli» uning xotirasiga muhim ğalabani bağişlamaslik, keçirilmaydigan hol bölişi tabiiy.

«Roma»ning barça musobaqalardagi mağlubiyatsiz öyinlar seriyasi 11 uçraşuvga yetdi. Qatorasiga beş öyin ğalaba bilan yakunlandi. «Napoli»ning formasi ham yomon emas, ammo şuni e'tirof etiş kerak – Gattuzo şogirdlari autsayderlar bilan öyinlarda ança işonçli va yöqotişlarsiz borayotgan bölsa-da, turnir jadvalida özidan yuqoriroq örindagi raqiblarga qarşi muammolarga uçrayapti. Mavsumdagi ikki mağlubiyat ham aynan peşqadamlar – «Milan» va «Sassuolo»ga qarşi öyinlarda qabul qilindi. Yana bir turda «Yuventus»ga texnik ğalaba yozilganidan xabaringiz bor.

Jamoalarning tarkibidagi muammolariga töxtaladigan bölsak, mezbonlar tarkibida Viktor Osimxen va Alsaid Xyusaylar bir neça haftaga safdan çiqqan. Şuningdek, Bakoyoko «Milan»ga qarşi öyinning 65-daqiqasida maydondan çetlatildi va diskvalifikatsiya tufayli uşbu uçraşuvni ötkazib yuboradi. Mehmonlar tarkibida esa asosiy himoyaçilar Davide Santon va Kris Smolling jarohatni davolaş bilan band. Nikolo Dzanolo esa yana kamida beş oy maydonga tuşa olmaydi.

Özaro öyinlar borasida mutlaq tenglik. Oxirgi uçraşuvning 9tasida «Roma», 9tasida «Napoli» ğalaba qozongan. Ötgan mavsumda har ikki öyin ham mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan tugagan.

BOŞQA ÖYINLAR

28 noyabr. Brayton – LIVeRPUL (17:30), BORUSSIYa D – Kyoln (19:30), MANÇeSTeR SITI – Byornli (20:00), Benevento – YuVeNTUS (22:00), ReAL – Alaves (29 noyabrga ötar keçasi, 01:00), PSJ – Bordo (29 noyabrga ötar keçasi, 01:00)

29 noyabr. BARSeLONA – Osasuna (18:00), MILAN – Fiorentina (19:00), ARSeNAL – Vulverhempton (30 noyabrga ötar keçasi, 00:15).