Sport | 08:13 / 28.10.2018
9238
2 daqiqa o‘qiladi

“Lester” klubi egasining vertolyoti falokatga uchradi

Angliyaning Lester shahridagi “King Pauer” futbol stadioni yonida “Lester” klubi prezidenti Vishay Shrivaddanaprabxaning vertolyoti falokatga uchradi.

Foto: PA

Sky News telekanalining xabar qilishicha, vertolyot parvoz qilgandan bir necha soniya o‘tib nazorat yo‘qotilgan va u qulash vaqtida yonib ketgan. 

Foto: PA
Foto: LIAM HOPKIN

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotda Shrivaddanaprabxa ham bo‘lgan. U bu vertolyotda o‘yinlardan keyin Lesterdan Londonga qaytgan. 

Voqea Angliya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Lester”-“ Vest Xem” o‘yinidan keyin sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga politsiya va avariya-qutqaruv xizmatlari yetib kelgan. Hozircha qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Shrivaddanaprabxa bojsiz savdo do‘konlari tarmog‘i King Power Duty Free asoschisi va bosh direktori hisoblanadi. U “Lester”ni 2011 yilda sotib olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid