Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya: yangi dengiz vertolyoti suvosti kemalariga qarshi kurashni kuchaytiradi
GFR harbiy-dengiz kuchlari birinchi Sea Tiger bort vertolyotini qabul qildi. Mamlakat mudofaa vaziri Pistorius Rossiya floti tomonidan tahdidlar ortib borayotgani va NATO mudofaasini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Germaniya harbiy-dengiz kuchlari asosan suvosti kemalariga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan birinchi yangi vertolyotni qabul qildi. NH-90 MRFH Sea Tiger dengiz vertolyoti mamlakat va ittifoqchilar mudofaasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi, dedi GFR mudofaa vaziri Boris Pistorius seshanba, 16 dekabr kuni yangi vertolyot Berlindagi Mudofaa vazirligi hududiga qo‘ngandan so‘ng.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, gap, avvalo, havodan turib suv ostidagi va dengiz yuzasidagi tahdidlarga qarshi kurash, shuningdek suvosti kemalarini “ovlash” haqida ketmoqda. “Putin o‘z flotini katta sur’atda kuchaytirishda davom etmoqda. Ukrainadagi urush uchun unga u deyarli kerak ham emas. Qora dengiz floti — bu boshqa, ammo Shimoliy Atlantiki floti — umuman boshqa”, — dedi Pistorius.
“Bu shundan dalolat beradiki, biz NATO a’zosi sifatida ham, Germaniya Federativ Respublikasi sifatida ham o‘z harbiy-dengiz kuchlarimizni tezroq va samaraliroq jihozlashga majburmiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Umuman olganda, dengiz aviatsiyasi uchun 30 ta Sea Tiger vertolyoti sotib olish rejalashtirilgan. Ular Quyi Saksoniya federal yeridagi Nordxols shahrida joylashgan 5-raqamli dengiz aviatsiya qanotiga joylashtiriladi. Yangi model 1981 yildan buyon GFR harbiy-dengiz kuchlari qurol-aslahasida turgan Sea Lynx vertolyoti o‘rnini bosishi kerak.
Sea Tiger suvga tushiriladigan gidrolokator tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu suv ostidagi vaziyat manzarasini shakllantirish va suvosti kemalarini aniqlash imkonini beradi. Undan torpedalar va kemalarga qarshi raketalar qo‘llanishi mumkin. “Fregatlar uchun ko‘p maqsadli vertolyot” ma’nosini beruvchi MRFH versiyasida yangi vertolyot aynan shu mudoftoifadagi kemalarda foydalanish uchun maxsus moslashtirilgan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026