AQShdagi saylovlardan so‘ng fuqarolar urushi xavfi mavjudligi aytildi
Harvard universiteti professori Nil Fergyusonning fikricha, Qo‘shma Shtatlarda jamiyatda bo‘linish yuz berishi va 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng fuqarolar urushi boshlanishi mumkin. U The Sunday Times gazetasida e'lon qilingan maqolada o‘z fikrini bildirdi.
Fergyusonning fikriga ko‘ra, AQShda so‘nggi paytlarda ichki qarama-qarshiliklar va «madaniy to‘qnashuvlar» kuchaymoqda. Tarixchi bildirishicha, Internetning Amerika segmentida ayni paytda shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan kongressga oraliq saylovlar yaqinlashayotgani tufayli kuchayib borayotgan o‘ziga xos «fuqarolar urushi» kuzatilmoqda.
Fergyusonning qayd etishicha, AQSh prezidenti Donald Trampni tanqid qilganlarga bombalar yuborilishi - jumladan, ular Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti Barak Obama va prezidentlikka sobiq nomzod Hillari Klintonga jo‘natilgan - AQShda fuqarolar urushi haqida «yangi bashoratlar»ga asos bo‘lyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQShdagi zo‘ravonlik Trampning siyosiy ritorikasini aks ettirishi haqida yozgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024