Qöşma Ştatlarda röy bergan sönggi hodisalar AQŞ prezidenti Donald Trampning ritorikasini aks ettiradi. Bu u zöravonlikka sabab bölişi mumkin emasligiga qaramasdan yuz bermoqda, deb yozadi The Washington Post.
Hozirda Floridada qator demokratik siyosatçilar va CNN ofisiga portlovçi qurilmalarga ega posilkalarni yuborişda gumonlanib hibsga olingan Tsezar Sayok ismli erkakning, şuningdek, Pensilvaniya ştati, Pittsburg şahridagi sinagogada otişma sodir etgan va 11 kişi hayotiga zomin bölgan Robert Bauersning qandaydir psixologik kasalliklari haqida ma'lumot yöq.

Foto: REUTERS

Foto: AP
Biroq, «AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan taqdim etilayotgan siyosiy ritorikaning yetakçilik qilayotgani» ular harakatlari uçun asos bölib xizmat qilişi mumkinligi deyarli aniq, deb yozadi The Washington Post.
Sinagogaga qilingan hujumdan biroz vaqt avval Bauers ijtimoiy tarmoqlardan birida xabar e'lon qildi, unda u Qöşma Ştatlarda qoçqinlarni köçirişga kömaklaşuvçi «Migrantlarga yordam uçun Yevropa jamiyati» nomli yahudiylar taşkilotiga qarşi çiqqan.
Materialda aytilişiça, AQŞdagi joriy siyosiy holatda taniqli yahudiylar «xavfli migrantlar»ni qöllab-quvvatlayotgani haqidagi fikrning tarqalişi bilan boğliq bölgan yaşirin tendensiya mavjud.
Tramp bir neça bor Meksika böylab sayohat qiluvçi migrantlar guruhiga e'tibor qaratişga harakat qilib kördi, u uşbu guruhda jinoyatçilar va terrorçilar borligini ta'kidladi, deb yozadi WP. Bu uning migratsion ritorikasining ajralmas qismidir, deya ta'kidlaydi naşr.
Ehtimol, Sayok va Bauers tomonidan sodir etilgan zöravonlik holatiga psixologik kasallik sabab bölgan bölişi mumkin, ammo ularning zöravonliklari qaratilgan aniq nişonlar mavjud siyosiy ritorika fonida tanlangan, deya xulosa qiladi gazeta.












