Sport | 09:07 / 30.10.2018
11955
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 24 yoshli futbolchi o‘ldirib ketildi

Foto: imago

Braziliyaning Kuritiba poytaxt mintaqasida «San-Bentu»ning 24 yoshli futbolchisi Daniel Freytas shafqatsiz tarzda o‘ldirildi.

UOL Esporte nashri ma'lumotiga ko‘ra, o‘yinchining jasadi Braziliyadagi San-Joze-dus-Pinyays shahrida topilgan. Xabar qilinishicha, Freytesning tanasida qiynoqqa solinganlik belgilari aniqlandi. Politsiya tergovni boshlagan va o‘ldirilgan shaxsning yaqin qarindoshlarini so‘roq qilgan.

O‘yinchi aslida «San-Paulu»ga tegishli bo‘lgan, biroq «San-Bentu»da ijara huquqi asosida to‘p surgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid