Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz bo‘lmaydigan hududlarda aholi ko‘mir bilan uzluksiz ravishda ta'minlanadi
Qonunchilikka muvofiq gaz bo‘lmaydigan hududlarda aholi ko‘mir mahsuloti bilan uzluksiz ravishda ta'minlanadi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
qish mavsumida gaz bo‘lmaydigan hududlarga yetarli miqdorda ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha tegishli hujjatlar tasdiqlanadi (Vazirlar Mahkamasi – viloyat hokimliklari – tuman hokimliklari);
tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan aholini ko‘mir bilan ta'minlashga oid jadval mahalla fuqarolar yig‘iniga yetkaziladi;
mahalla fuqarolar yig‘ini kelib tushgan arizalarga muvofiq ko‘mirni sotib olish bo‘yicha reyestrni shakllantiradi va uni ko‘mir omborlariga yetkazib beradi;
ko‘mir omborlari mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan taqdim etilgan reyestrga va tasdiqlangan jadvalga asosan aholini ko‘mir mahsuloti bilan Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan narxlar asosida uzluksiz ta'minlash choralarini ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandi.
Mavzuga oid
20:02 / 26.05.2026
1 iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
09:00 / 10.05.2026