O‘zbekiston | 22:21 / 30.10.2018
5517
1 daqiqa o‘qiladi

Qozon shahrida bosh konsul tayinlandi

Foto: TIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsuli etib Fariddin Nasriyev tayinlandi. U bunga qadar TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘z faoliyatini boshlayotgan Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Tatariston Respublikasidan tashqari Rossiya Federatsiyasining yana 13 hududi: Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijniy Novgorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Udmurt Respublikasi, Ulyanovsk viloyati, Chuvash Respublikasi kiradi.

Avval Rossiyada O‘zbekistonning ikkita tashqi siyosiy vakolatxonasi – Moskvadagi elchixona va Novosibirskdagi konsulxona faoliyat yuritgan. Joriy yilda O‘zbekiston Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Vladivostokda ham bosh konsulxonalar ochgan.

Mavzuga oid