20 yanvar, duşanbaga ötar keçasi Qozon şahriga Ukraina uçuvçisiz uçoqlari hujum qildi, deb xabar bermoqda Telegram-kanallari va OAV.

VÇK-OGPU, Mash va boşqa kanallardan olingan ma’lumotlarga köra, portlaş, dastlabki xabarlarga qaraganda, Gorbunov nomidagi Qozon aviatsiya zavodi hududida sodir bölgan. Şu bilan birga, mahalliy aholi şaharning Aviastroitelniy, Moskovskiy, Kirovskiy va Novo-Savinskiy rayonlarida bir neçta portlaş ovozini eşitgan.

Şu fonda Tatariston poytaxti aeroporti reyslarni qabul qiliş va jönatişni vaqtinça töxtatdi. Rosaviatsiya vakili Artem Korenyako özining Telegram-kanalida bunday çoralar «fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini ta’minlaş uçun» joriy etilganini yozdi.

Maş'ning ta’kidlaşiça, zarba, dastlabki ma’lumotlarga köra, «Lyutiy» rusumli uçuvçisiz uçoq tomonidan amalga oşirilgan. Xabar yozilayotgan vaqtda qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot kelib tuşmagan.