Sport | 23:27 / 31.10.2018
18889
2 daqiqa o‘qiladi

Neymarga 6 yillik qamoq jazosi tahdid qilmoqda

«PSJ» hujumchisi Neymarga 2013 yilda «Santos» klubidan «Barselona»ga amalga oshirilgan transferi bo‘yicha ochilgan jinoiy ish yuzasidan 6 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

AFP xabariga ko‘ra, Ispaniya sudi bu ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni qayta tekshirishni boshlagan. 

Braziliyalik futbolchi firibgarlik va korrupsiyada ayblanmoqda, u 6 yil muddatga qamalishi mumkin.

Neymardan tashqari, uning otasi, «Barselona»ning amaldagi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va sobiq prezidenti Sandro Rosel ham korrupsiya ishi bo‘yicha sudda javob berishadi. Shuningdek, «Santos» klubi va uning sobiq prezidenti Odilio Rodriges ham Neymar transferini amalga oshirish chog‘ida firibgarlik qilganlikda ayblanmoqda.

Sudda da'vogar sifatida DIS investitsiya fondi ishtirok etmoqda. U 2013 yilda amalga oshirilgan bitimda Neymarning transfer huquqiga ega bo‘lgan. 

«Barselona» xabariga ko‘ra, Neymarning transfer qiymati 57,1 million yevroni tashkil qilgan. Shundan 40 mln yevroni futbolchining oilasi, 17,1 mln yevroni «Santos» klubi olgan. DIS esa, futbolchining transfer huquqiga ega tashkilot sifatida, «Santos»ga tekkan ulushning 6,8 mln yevrosini olgan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid