O‘zbekiston | 08:35 / 01.11.2018
10504
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Ostonaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 2 noyabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

TIV xabariga ko‘ra, hukumat rahbarlari MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Shuningdek, aniq yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid