O‘zbekiston | 11:57 / 01.11.2018
4423
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Jazoir prezidentini tabrikladi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Abdulaziz Buteflikani 1 noyabr – Inqilob kuni bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

1 noyabr kuni Jazoirda milliy bayram – Inqilob kuni nishonlanadi. 1830 yili Jazoir hududiga fransuz mustamlakachilari bostirib kirdi. 1920-30 yillarda mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1945 yilda ro‘y bergan dastlabki qo‘zg‘olon mustamlakachilar tomonidan bostiriladi. 

1954 yil 1 noyabrda Jazoirda Milliy ozodlik fronti tashkil etildi. 1962 yilning 5 iyulida Jazoir mustaqillikka erishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid