Jahon | 01:36 / 03.11.2018
10991
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda lotin yozuvidagi ilk gazeta taqdim qilindi  

Foto : Internet Portal Nur

Ostonada 2 noyabrda lotin yozuviga asoslangan qozoq tilidagi birinchi gazeta taqdim qilindi. Bu haqda Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi ma'lum qildi. 

2017 yil oktabrda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tili alifbosining 2025 yilgacha bosqichma-bosqich lotin yozuviga o‘tkazilishi haqidagi farmonni imzolagandi. O‘shanda lotin yozuviga asoslangan qozoq tili alifbosi tasdiqlangan. 

“Bugun poytaxtda Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi va “Til-xazina” milliy ilmiy-amaliy markazi lotin yozuvidagi axborot gazetasi "Til-Qazyna"ni taqdim qildi”, deb aytilgan xabarda.

Taqdimot ishtirokchilariga yangi nashr konsepsiyasi haqida so‘zlab berilgan va uning lotin yozuviga asta-sekin o‘tishdagi vazifalarni bajarishda muhim rolga egaligi ta'kidlab o‘tilgan.

Ma'lum qilinishicha, yangi nashr yangi qozoq alifbosini ilgari surish bo‘yicha axborot berish, uni o‘rganishda ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, keng omma uchun qiziqarli ma'lumotlarni chop etishga qaratilgan. Gazeta bir oyda 2 marta chop etiladi. 

Foto: astana-akshamy

Mavzuga oid