Sport | 14:27 / 03.11.2018
32973
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» bosh murabbiyligi uchun kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi

Foto: globallookpress.com

«Real» prezidenti Florentino Peres «Monako» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Leonardu Jardimni Madridga olib kelmoqchi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, Peres Antonio Kontedan rad javobini olgach, portugaliyalik mutaxassisga e'tiborini qaratgan.

Ma'lumot uchun, 29 oktabr kuni qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatilgan Xulen Lopetegi o‘rniga «Real»ni vaqtinchalikka Santyago Solari boshqarib turibdi. Jardim ham oktabr oyida «Monako» bilan muvaffaqiyatsiz start qayd etgani uchun ishdan bo‘shatilgandi.

Mavzuga oid