O‘zbekiston | 21:05 / 05.11.2018
8171
1 daqiqa o‘qiladi

Senat raisi Rossiyada vatandoshlar bilan uchrashmoqchi

6-8-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, tashrif chog‘ida Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi palatalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish, Oliy Majlis Senati va Federal Majlisning Federatsiya Kengashi hamkorligi bo‘yicha Komissiya majlisi, savdo-iqtisodiy sohada O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini mustahkamlashga bag‘ishlangan ikki davlat biznes vakillarining Savdo-sanoat palatasidagi davra suhbatida ishtirok etish kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari hamda Rossiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid