Jamiyat | 18:45 / 05.11.2018
25821
2 daqiqa o‘qiladi

Tizer aksiyasi davom etmoqda, navbatdagi g‘oliblar taqdirlandi

Kecha, 4 noyabr kuni Toshkentning Qo‘yliq dahasida joylashgan “Compass” savdo-ko‘ngilochar gipermarketida Tizer aksiyasining navbatdagi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Unda Tizer ichimligini xarid qilish orqali turli qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, televizor, telefon, kompyuter, velosiped, Rlaystation  qurilmasi, gadjyet va boshqa yuzlab sovg‘alarni yutib olgan yurtdoshlarimizga sovg‘alar tashkilotchilar tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

Taqdirlash marosimida shuningdek, qiziqarli shoular, mehmonlar o‘rtasida yutuqli tanlovlar hamda taniqli estrada ijodkorlari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etildi.

Tadbirda aksiya orqali turli yutuqlar egasiga aylangan omadli ishtirokchilar, savdo markaziga tashrif buyurgan poytaxt aholisi va mehmonlaridan iborat 800dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Ma'lumot o‘rnida, Tizer savdo belgisi tomonidan 2018 yilning 10 sentabridan 2019 yilning 10 martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida yirik aksiya o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra, ishtirokchilar maxsus qopqoqli Tizer salqinlantiruvchi ichimligini sotib olishi va qopqoq ostiga berkitilgan turli yutuqli sovg‘alarni topishi lozim. Topilgan har bir qopqoqdagi qimmatbaho sovg‘a shu kabi tantanali taqdirlash marosimlarida o‘z egalariga topshirib kelinmoqda. 

Bu hali hammasi emas. Ichimlik qopqoqlarida shuningdek, 2018-2019 yillarda UYeFA Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi Yevropa klublari nomlari yashirilgan. Ushbu 32 ta top klub nomlari yozilgan qopqoqlarni to‘plagan ishtirokchilar 2019 yilning 1 iyunida Ispaniyaning Madrid shahridagi “Vanda metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Chempionlar ligasining final o‘yinida qatnashish uchun savdo belgisi tomonidan qo‘yilgan 20 ta yo‘llanmadan birining g‘olibiga aylanishi mumkin.

Aktsiya g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi yakunida barcha mehmonlarga Tizer ichimligi taqdim etildi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid