Sport | 21:30 / 06.11.2018
3863
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Superkubogi yana xorijda o‘tkaziladi

2019 yildagi Ispaniya Superkubogi bahsi yana xorijda o‘tkazilishi mumkin.

Cope xabariga ko‘ra, Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi uchta mamlakatdan taklif olgan – AQSh, Xitoy va Qatar. 

Bundan tashaqari, La Liga hamkori Relevent Sport kompaniyasi 5 yillik shartnoma taklif qilib, federatsiya prezidenti Luis Rubialesni Amerika bozorining juda istiqbolli ekaniga ishontirishga harakat qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Superkubok Marokashda o‘tkazilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid