Ispaniya Superkubogi-2022/23 finali doirasida «Barselona» «Real»ni mağlub etib, 5 yillik tanaffusdan keyin uşbu sovringa ega çiqdi.
Sönggi yillarda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «Qirol Fahd xalqaro stadioni»da ötayotgan uşbu turnirning hal qiluvçi bahsida saudiyalik muxlislar ilk bor «El-Klasiko» guvohiga aylanişdi.
Şiddatli ötişi kutilgan bahsning birinçi bölimidayoq Kataloniya klubi ikkita gol kiritib, tanaffusga işonçli ğalaba bilan çiqdi. Dastlab Gavi hisobni oçgan bölsa, bölim yakunida uning özi Levandovskining goliga hammualliflik qildi – 2:0.
Ikkinçi bölimning 69-daqiqasida Gavi jamoasining uçinçi golini ham yaratdi. Uning öyindagi 2-assistidan keyin Pedri hisobdagi farqni yiriklaştirib, amalda final taqdirini hal etdi – 3:0.
90+3-daqiqaga kelib madridliklardan Karim Benzema farqni biroz qisqartira oldi, xolos – 1:3.
Şu tariqa, Xavi 2010 yildan buyon finallarda mağlub bölmayotgan Karlo Ançelottining statistikasini buzişga erişdi. «Barsa» esa 2018 yildan keyin 5 yil ötib Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi. Bu bilan Kataloniya klubi öz tarixida 14-marta Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi. «Real»da uşbu sovrin 12ta. Uşbu sovrin «Barsa»ning mavsumdagi dastlabki yutuğiga aylandi.
Ispaniya Superkubogi. Final
Real Madrid – Barselona – 1:3
Ar-Riyod, «Qirol Fahd xalqaro stadioni»
Gollar: 0:1 – 33 Gavi, 0:2 – 45 Levandovski, 0:3 – 69 Pedri, 1:3 – 90+3 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Naço, 72), Ryudiger, Militao, Mendi, Modriç (Sebalos, 65), Kroos (Asensio, 72), Kamavinga (Rodrigo, 46), Valverde, Benzema, Vinisius Junior.
Barselona – ter Stegen, Arauxo (Erik Garsiya, 86), Kristensen, Kunde, Balde, Buskets, de Yong (Kessie, 87), Pedri (Serdji Roberto, 90), Gavi (Fati, 90), Levandovski, Dembele (Rafinya, 78).
Ogohlantirişlar: Mendi (32), Kristensen (49), Arauxo (68), Valverde (82).

















