Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uber noodatiy xizmatni taklif etmoqda
Foto: REUTERS
AQShning xalqaro taksi xizmati Uber Britaniya poyabzal ishlab chiqaruvchi Charlotte Olympia bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Endilikda Uber brendi ostida ayollar poyabzali savdo rastalarida paydo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi Metro nashri.
Kompaniya baland platformali oltin sandallar va Uber shoes brendi bilan ishlab chiqarilayotgan baland poshnali poyabzallarni ommaga namoyish etdi.
Poyabzal bor-yo‘g‘i 14 juft ishlab chiqarildi va faqat Londonning Harvey Nichols Knightsbridge do‘konida 15 noyabrga qadar sotilishi aytilmoqda. Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, uning narxi 695 funt sterling etib belgilangan. Bir juft oyoq kiyim sotib olgan xaridorning Uber'dagi hisobiga avtomatik tarzda 500 funt sterling mablag‘ o‘tkaziladi va mijoz bu pullarni taksi xizmatidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Uber 2019 yildan o‘z dronlarini ishlab chiqarish va 2021 yildan ularni tijorat maqsadlarida ishga tushirishni rejalayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:04 / 04.12.2024
Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi
20:14 / 28.11.2024
Uber obuna rejasi tufayli Amerika regulyatori tomonidan tekshiriladi
20:27 / 26.08.2024
Uber Niderlandiyada rekord miqdorda - 324 mln dollar jarimaga tortildi
19:18 / 01.08.2024