Ozarboyjon Xalqaro banki sobiq rahbarining rafiqasi Londonda hibsga olindi
Ozarboyjon Xalqaro banki sobiq rahbari Hajongir Gajiyevning rafiqasi Zamira Gajiyeva Londonda pul yuvish ayblovi bilan hibsga olindi. Ayni vaqtda ayolning Ozarboyjonga ekstraditsiya qilinishi masalasi muhokama qilinmoqda.
Gajiyeva Britaniyada pul yuvishga qarshi yangi qonun qo‘llangan ilk xorijlik bo‘lgan. Avvalroq OAV Gajiyevaga tegishli 400 ming funt sterlinglik zargarlik buyumlarini musodara qilgani ma'lum qilingandi. Ushbu chora Londondagi Harrods univermagida 16 mln funt sterling ishlatgan Gajiyevaning daromadlari manbalarini aniqlash doirasida qabul qilingan. Britaniya mutasaddi idoralari Gajiyeva Londonda 22 mln funt sterlinglik ko‘chmas mulk sotib olishga pullarni qayerdan olganligini tushuntirib berishini talab qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Gajiyevaga mablag‘larni o‘zlashtirib olish ayblovi bildirilgan, u tergov izolyatoriga joylashtirilgan.
“Gajiyeva 500 ming funt sterling kiritsa, garov puli evaziga ozodlikka chiqarilishi mumkin. Agar u ozodlikka chiqarilsa, Londondagi uyida yashashi va har kuni politsiyada ko‘rinib turishi kerak bo‘ladi, unga shaharni tark etish taqiqlanadi. Biroq Britaniya prokurorlari Gajiyevaning ozodlikka chiqarilishiga qat'iyan qarshilik ko‘rsatishdi va shu sababli u tergov izolyatorida saqlanmoqda. Gajiyevaning apellyatsiyasi 9 noyabrda Britaniya oliy sudida ko‘rib chiqiladi”, deb xabar qilgan manba.
Jahongir Gajiyev 2016 yil oktabrda Boku sudi tomonidan og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Tergovning o‘rnatishicha, 2001-2015 yillar davomida bank boshqaruv raisi lavozimini egallagan Gajiyev boshqa shaxslar bilan til biriktirgan holda jinoiy guruhga boshchilik qilgan. Ozarboyjon ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, u lavozim vakolatlarini suiiste'mol qilgan holda, o‘zi va oilasi a'zolari hamda boshqa shaxslar nomiga hisob raqamlar ochtirib, unga katta miqdordagi mablag‘larni o‘tkazishni buyurgan.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024