Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung moslashuvchan ekranli smartfonini namoyish qildi
Foto: Twitter
Samsung ikkiga buklash mumkin bo‘lgan smartfon prototipini namoyish qildi. Taqdimot 7 noyabr kuni ishlab chiqaruvchilar konferensiyasida bo‘lib o‘tdi. YouTube’da jonli translyatsiya uzatildi.
Moslashuvchan displey Infinity Flex texnologiyasida ishlangan bo‘lib, ekran diagonali ochiq holatida 7,3 dyuymni tashkil qiladi. Samsung yaqin oylarda moslashuvchan displeylarni ommaviy ishlab chiqarishga start berishni rejalashtirmoqda.
Videoda Samsung vakili nomsiz smartfonni namoyish qildi. U qurilmaning rasmiy taqdimot sanasiga aniqlik kiritmadi, faqat bu tez orada kutilayotganini qayd etdi. CNBC ma'lumotiga ko‘ra, Google’ning Android ishlanmalar bo‘yicha prezidenti Deyv Berk moslashuvchan ekranli Samsung smartfoni 2019 yilda taqdim etilishini aytgan.
Watch Samsung's foldable phone in action, from its #SDC18 demo 👀 pic.twitter.com/OTuCtviIL0
— CNET (@CNET) November 7, 2018
Mavzuga oid
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
18:01 / 15.04.2026