Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada rekord o‘lchamdagi bo‘g‘ma ilon o‘ldirildi
AQShning Florida shtatidagi Mayami-Deyd okrugida rekord o‘lchamdagi qora yo‘lbars bo‘g‘ma iloni o‘ldirildi.
Ilonning uzunligi 5,3 metrni, og‘irligi 54 kgni tashkil qilgan. Ta'kidlanishicha, Janubiy Floridada bunday katta o‘lchamdagi ilon hali tutilmagandi. Bo‘g‘ma ilonlarni qirish dasturi mavjud bo‘lgan vaqtdan beri ovchilar uzunligi 5,18 metrdan kattaroq bo‘lgan uchtagina pitonni o‘ldira olishgan.
Bo‘g‘ma ilonni Xomsted shahridan bo‘lgan Kayl Penniston o‘ldirgan. Ta'kidlanishicha, u ilonni bir o‘zi eplay olgan. Bu ovchining hisobidagi 235 ilon bo‘lgan.
Qora yo‘lbars bo‘g‘ma ilonlar Janubi-Sharqiy Osiyoda yashaydi. Bunday ilonning uzunligi odatda 3,7 metrni tashkil qiladi, biroq 5,74 metrlik ilonlar ham uchraydi.
Bu ilonlar Floridaga 30 yil oldin kelib qolgan. Ular Evergleydsda ko‘payib, mahalliy jonzotlarni qira boshlagan. Ushbu ilonlarning odamlarga hujum qilgani haqida ma'lum qilinmagan. Joriy yilda pitonlarni qirish dasturi doirasida 1859 ta bo‘g‘ma ilon o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
20:22 / 18.06.2025