Sport | 19:02 / 09.11.2018
7269
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» Superliganing ikkinchi bosqichida ilk marta yirik hisobda g‘alaba qozondi

Superligada 30-tur uchrashuvlariga start berildi.

Turning ilk bahsida yuqori oltilik jadvalidagi eng birinchi va so‘nggi o‘rinlarda borayotgan ikki klub - «Lokomotiv» va «Buxoro» to‘qnash keldi hamda ochkolardagi farq o‘yin natijasida ham o‘z aksini topdi. «Temiryo‘lchilar» o‘z maydonlarida kechgan bahsda yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.

Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sanjar Shoahmedov va Azizbek Omonovlar tomonidan kiritilgan gollar natijasida Andrey Fyodorov jamoasi chempionatning final bosqichidagi ilk yirik hisobdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

«Loko»ning eng yaqin ta'qibchisi «Paxtakor» o‘z uchrashuvini ertaga «Metallurg»ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahsda «sherlar» ochko yo‘qotgan taqdirda «Lokomotiv» chempionat yakuniga ikki tur qolganida chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Superliga, 30-tur
«Lokomotiv» - «Buxoro» 4:0 (1:0)
9 noyabr. Toshkent, «Lokomotiv» stadioni, 951 tomoshabin
Gollar: Anzur Ismoilov (23), Timurxo‘ja Abduxoliqov (63), Sanjar Shoahmedov (74), Aziz Omonov (90+3)

«Neftchi» - «So‘g‘diyona» 0:0 - tanaffus
OKMK - «Qo‘qon 1912» 1:0​​​​ - tanaffus

10 oktabr
16:00. «Paxtakor» - «Metallurg»
16:00. «Qizilqum» - «Nasaf»
18:00. «Navbahor» - «Bunyodkor»

Mavzuga oid