Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalidagi terakt 20 kishining hayotini olib ketdi
Somali poytaxti Mogadishoda 4 ta avtomobil portlatilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Assoshieyted Press” axborot agentligi xabar berdi.
Portlashlar Sahafi Hotel mehmonxonasi yonida sodir etilgan.
Ma'lum qilinishicha, mehmonxona yonida 3 ta portlash sodir etilgandan keyin voqea joyiga shifokorlar kelganda, 4-portlash sodir etilgan. Politsiya kapitani Muhammad Hussaynning aytishicha, mehmonxona politsiyaning jinoiy tergovlar departamenti yaqinida joylashgan.
Xavfsizlik kuchlari mehmonxona hududiga portlash oqibatida devorda hosil bo‘lgan darcha orqali kirmoqchi bo‘lgan 4 jangarini yo‘q qilishgan. “Bosqinchilar mehmonxonaga kira olmagan bo‘lsa-da, portlashlar oqibatida devor ortida ko‘p odam halok bo‘ldi”, deb aytgan Hussayn.
Ta'kidlanishicha, portlash uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
11:16 / 31.01.2026
Buxoroda ko‘p kvartirali uy portladi
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026