Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Walt Disney studiyasi moliyaviy yilni rekord daromad bilan yakunladi
AQShning Walt Disney kinokompaniyasi sentabrda tugagan joriy moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra rekord daromad olganini ma'lum qildi. Kompaniyaning sof daromadi 2017 yildagi 8,98 mlrd dollardan 12,6 mlrd dollargacha, tushum esa 55,14 mlrd dollardan 59,43 mlrd dollargacha oshgan.
Disney 4-moliyaviy chorakda daromadini 33 foizga – 2,32 mlrd dollargacha, tushumini esa 12 foizga – 14,31 mlrd dollargacha oshira olgan.
Kompaniyaning filmlar ishlab chiqarishga javob beruvchi bo‘limining daromadi eng ko‘p oshgan. Disney 2018 yilning eng kassabop 10 filmidan 5 tasini, jumladan Marvel komikslari bo‘yicha “Qora pantera” va “Qasoskorlar: cheksizlik urushi” filmlarini hamda “Superoila 2” multfilmini suratga olgan. Bu uchta filmdan AQSh va Kanadaning o‘zida tushgan tushum 2 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, kompaniyaning tematik bog‘larni boshqaruvchi bo‘limining daromadi ham 18 foizga oshib, 4,47 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kompaniyaning iste'molchilik mahsulotlari ishlab chiqarish biznesi operatsion daromadi 6 foizga oshib, 1,63 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
16:45 / 13.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning «soyadagi g‘olibi». Rossiya neftdan kuniga yuz millionlab dollar qo‘shimcha daromad olyapti
14:31 / 24.12.2025