Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sterling rekord miqdorda maosh oladigan bo‘ldi
Angliya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi ingliz futboli tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchiga aylandi, deb xabar tarqatdi Daily Mail.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, kecha klub bilan yangi shartnomaga imzo chekkan 23 yoshli futbolchining haftalik maoshi endilikda 300 ming funtni (343 ming yevro atrofida) tashkil etadi. Bunga qadar Rahimga haftasiga 180 ming funt to‘lab kelingan.
Qayd etish joiz, Angliya Premer-ligasining ayni paytdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi «Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanches sanaladi: unga haftasiga 350 ming funt ish haqi to‘lanadi.
Ma'lumot uchun, Sterling Manchester klubi safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning yangi bitimi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u APLning 9 ta o‘yinida maydonga tushib, 6+5 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.
Mavzuga oid
14:51 / 17.07.2022
«Chelsi» katta xaridlar qildi, «Yuve» tekinga top futbolchilar olishda davom etadi. Hafta transferlari
22:23 / 13.07.2022
Rasman: Rahim Sterling - «Chelsi» futbolchisi
19:08 / 13.07.2022
«Chelsi» kutilmaganda super jamoa tuzishi mumkin. Yulduzlarning o‘zi London klubiga intilmoqda
15:57 / 13.07.2021