Yevropa klublari bozorda faollaşmoqda — sönggi haftada 20 dan ortiq kelişuv imzolandi. Quyida sönggi kunlarning asosiy transferlari keltiriladi.

Rahim Sterling: «Mançester Siti» → «Çelsi» (56,2 mln yevro)

Rahim Sterling «Çelsi»ning Roman Abramoviçdan keyingi davrdagi ilk transferi böldi - endi amerikalik Todd Boeli boşqaruviga ötgan London klubi uşbu futbolçi uçun 45 mln funt sarfladi. Angliyalik futbolçi «Man Siti» safida 2015 yildan beri töp surdi va 200 dan oşiq öyinda maydonga tuşdi. Yakunlangan mavsumda u 47 öyinda 19 gol urib, yetti golli uzatmaga mualliflik qildi. «Çelsi» boş murabbiyi Tomas Tuxel Sterlingning yoşi, tajribasi va öyin uslubi jamoaga mos kelişini aytgan. Rahimning Angliya milliy jamoasidagi safdoşlaridan biri Meyson Maunt u londonliklar klubini yangi bosqiçga olib çiqişini ta’kidlagan. 27 yoşli Sterling 2027 yil yoziga qadar amalda böluvçi şartnomaga imzo çekkan («5+1» sxemasi böyiça).

Sterling - «Inter»ga ijaraga berilgan Romelu Lukaku uçun örinbosar emas, u yengilroq, tezkorroq, texnar va belgiyalik forvard kabi markazda emas, qanotda öynaşni afzal köradi. U «Siti»dagi yetti yilda köp bor pozitsiyasini özgartirgan va köproq çap qanotda foydali öyin körsatgan. Tuxel yangi mavsumda ham markazda Haversdan foydalanadi, hujum uçligidagi yana bir örinni şubhasiz Maunt band etadi: Pulişiç va Hadson Odoi ösişga erişmadi, Ziyoş «Milan»ga ketmoqçi, Verner hujumlarni yakunlaşda samarali emas. Sterling esa oldingi çiziqdagi istalgan pozitsiyani yopa oladi. «Çelsi»da 2016/17 yilgi mavsumdan buyon barqaror gol uruvçi töpurar bölmagan, öşanda Kosta APL öyinlarida 20 gol urgandi. Sterling bu natijadan öta olmasa ham, klubning samaradorligi oşişi tayin.

Kalidu Kulibali: «Napoli» → «Çelsi» (38 mln yevro)

Yozda «Çelsi» ikki markaziy himoyaçisini yöqotdi. Antonio Royudiger «Real» bilan, Andreas Kristensen — «Barselona» bilan şartnoma imzoladi. Ularning ikkisi ham «Çelsi»ni erkin agentlar maqomida tark etişdi va klubga bu transferlar foyda keltirmadi. 31 yoşli Kulibali «Napoli»da 2014 yildan buyon öynab keladi, har yili uning nomi qator klublar bilan boğlab kelingan bölsa-da, klub rahbari Aurelio De Laurentis uni klubda olib qolişda davom etdi. Endi esa senegallik futbolçi Angliya top-klubi bilan 2026 yilga qadar amal qiluvçi şartnomaga imzo çekdi.