Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada qulupnaylarga igna sanchib chiqqan shaxs ayol kishi ekanligi aniqlandi
Avstraliyada supermarketlarga yetkazib berilgan qulupnaylarga igna sanchib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kvinslend shtati politsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompleks surishtiruvlardan so‘ng 11 noyabr kuni 50 yoshli ayol hibsga olindi. U 12 noyabr kuni sud oldida javob berishi kutilmoqda.
Mazkur ish bilan bir nechta hudud hukumatlari, kuch ishlatish va razvedka xizmatlari shug‘ullandi. Shu bilan birga surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Avstraliya do‘konlarida sotilayotgan qulupnaylar ichidan igna va to‘g‘nog‘ichlar chiqayotganligi haqida sentabr oyi boshida ma'lum bo‘lgandi. Igna sanchilgan rezavor mevalar mamlakatning barcha olti shtatidagi do‘konlardan topilgandi. Jami 100dan ortiq ana shunday holat qayd etilgan bo‘lib, ignalar nafaqat qulupnay, balki olma, banan va mango mevalari ichidan ham topilgan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026