Jahon | 16:20 / 11.11.2018
12004
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada yana bir harbiy Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanmoqda

Foto: Reuters

Avstriya hokimiyati davlat sirini Rossiya tomoniga oshkor qilishda gumonlanayotgan yana bir shaxs ustidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deb yozadi Interfax.

Kronen Zeitung gazetasi xabar qilishicha, u — Konstitutsiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurashish Federal idorasi (kontrrazvedka) xodimidir.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu idora ofisida ilgariroq keng miqyosli tintuv o‘tkazilgan. Bundan tashqari, gumonlanuvchi yashaydigan manzilda ham tergovoldi tadbirlari bo‘lib o‘tgan.

Avstriya qonunchiligiga ko‘ra, davlat siri mavjud bo‘gan axborotni oshkor qilish uchun 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Avstriyada 9 noyabr kuni uzoq yillardan buyon Rossiya foydasiga josuslik qilib kelgan avstriyalik iste'fodagi polkovnik qo‘lga olingandi. U Rossiya harbiy razvedkasiga migratsiya inqirozi, Avstriya harbiy aviatsiyasi va artilleriya tizimlari haqidagi axborotni, shuningdek, avstriyalik ko‘plab yuqori mansabli harbiylar haqidagi batafsil ma'lumotlarni uzatgani ma'lum bo‘lgan.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, u Rossiyaga NATO haqidagi ma'lumotlarni ham yetkazib turgan. 

Avstriya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, josus aybiga iqror bo‘lgan. Ayni vaqtda 70 yoshli polkovnik hibsda saqlanmoqda, u 10 yilga qamalishi mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid