Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining dubli «Barselona»ga yordam bera olmadi
Kataloniyaning «Barselona» klubi La Liganing 12-turida «Betis»ni qabul qildi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Betis» himoyachisi Ektor Firpo va xavbek Xoakin Sanches birinchi bo‘limda bittadan gol urdi va mehmonlar birinchi bo‘limni 2:0 hisobidagi ustunlikda yakunlashdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Messi penaltidan hisobni qisqartirdi, ko‘p o‘tmay Jovani Lo Chelso mehmonlarning uchinchi golini urdi, 79-daqiqada «Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal hisobni yana qisqartirdi, ammo 81-daqiqada Rakitich qizil kartochka olib maydonni tark etdi va mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. 83-daqiqada Serxio Kanales to‘rtinchi golni urdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lionel Messining ikkinchi goli jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi.
Katalonlar klubi uchun bu Ispaniya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyaning to‘xtatilishi bo‘ldi. Bungacha amaldagi chempionlar 3 uchrashuvda g‘alaba qozonib, 2 bor durang o‘ynashgandi. «Betis» esa «Barselona»ni mag‘lub etish orqali 4 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi.
Endilikda «Barselona» 24 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Betis» 16 ochkosi bilan 12-o‘rinda joylashgan.
Ispaniya chempionati
12-tur
Barselona – Betis 3:4 (0:2, 3:2)
Gollar: 0:1 – 20 Firpo, 0:2 – 34 Sanches, 1:2 – 68, penalti Messi, 1:3 – 71 Lo Chelso, 2:3 – 79 Vidal, 2:4 – 83 Kanales, 3:4 – 90 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Rakitich, Buskets (Alenya, 69), Artur (Vidal, 46), Malkom (Munir, 57), Messi, Suares.
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Firpo, Mandi, Sanches (Kanales, 62), Lo Chelso (Inui, 87), Vilyam Karvalyu, Guardado, Telo, Moron (Leon, 76).
Ogohlantirishlar: Guardado (24), Rakitich (44), Buskets (59), Mandi (69), Vidal (73).
Chetlatish: Rakitich (81).
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026