Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada F16 qiruvchilari Air Astana samolyotini kuzatib bordi
Portugaliya harbiy-havo kuchlarining ikkita F16 qiruvchi samolyoti Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi samolyotini unda yuz bergan texnik muammo sababli havoda kuzatib bordi. Bortida ekipajning 6 a'zosigina bo‘lgan samolyot Beja shahri aeroportida qo‘na olgan.
Ma'lum qilinishicha, samolyotda “boshqaruv va nazorat bilan muammo chiqqan”. Samolyot uchinchi urinishdan keyingina qo‘ndirila olingan. Samolyot ekipaji a'zolariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Qozog‘iston samolyoti falokat signalini bergach, Monte-Realdagi bazadan qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarilgan.