Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda geomakonga oid ma'lumotlar milliy infratuzilmasi yaratiladi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida muhokama qilinayotgan hujjat loyihasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, deb yozmoqda Norma.
Makonga (geomakonga) oid ma'lumotlar – muayyan shaklda va koordinatalar tizimida ko‘rsatilgan joy obektlarining joylashgan yeri haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot; geomakonga oid obekt haqidagi ma'lumotlar to‘plami.
«Makonga oid ma'lumotlarning milliy infratuzilmasi» deganda quyidagilarni o‘z ichiga oladigan tizim tushuniladi:
• tashkiliy tuzilma;
• ilmiy-texnik siyosat;
• texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohadagi makonga oid ma'lumotlar;
• metama'lumotlar va metama'lumotlar bazalari (makonga oid ma'lumotlar to‘plamlari va servislarini tavsiflaydigan hamda ularni izlash, inventarizatsiya qilish va qo‘llash imkonini beradigan axborot);
• makonga oid ma'lumotlar servislari;
• texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, makonga oid ma'lumotlarni ishlab chiqarish, yangilash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish, integratsiyalash va qo‘llash masalalari bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar.
Qonun qonunchilikdagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. U quyidagi sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi:
• davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan boshqaruv qarorlari samarali qabul qilinishini ta'minlashga yo‘naltirilgan O‘zbekistonda Makonga oid ma'lumotlarning milliy infratuzilmasi yaratilishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi;
• jamiyatning barcha turdagi geografik axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
• geomakonga oid ma'lumotlarning global infratuzilmasiga integratsiyalanish.
Hujjat qoidalari makonga oid ma'lumotlar to‘plamlarining tarkibiy elementlariga bo‘lgan intellektual mulk huquqlariga yoki Makonga oid ma'lumotlarning milliy infratuzilmasi yaratilishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasida faoliyat yurituvchi sub'yektlarning huquqlariga daxl etmaydi.
Quyidagilar Makonga oid ma'lumotlarning milliy infratuzilmasi yaratilishi, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasidagi faoliyat obektlari hisoblanadi:
• geomakonga oid obektlar (Yerda muayyan joyda joylashganligi bilan tavsiflanadigan hamda makon va vaqtning belgilangan koordinatalari tizimida qayd etilgan real dunyodagi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar obekti yoki hodisasi);
• geodeziya va kartografiya materiallari va ma'lumotlari;
• makonga oid ma'lumotlar va metama'lumotlar bazalari;
• makonga oid ma'lumotlar to‘plami;
• Makonga oid ma'lumotlarning milliy infratuzilmasi.
Mamlakatda Makonga oid ma'lumotlarning milliy infratuzilmasi geoportalini tashkil etish rejalashtirilmoqda. U geoaxborot resurslari to‘g‘risidagi metama'lumotlarni saqlaydigan va Internet tarmog‘i orqali ulardan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydigan internet-vositalar va makonga oid ma'lumotlar servislari majmuidan iborat bo‘ladi.
Loyiha rad etilishi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
10:29 / 05.03.2026