Nizomga köra, davlat dasturi doirasida ajratilgan, ammo hozirça muayyan buyurtmaçiga biriktirilmagan yoki taqsimlanmagan mablağlarni obektlar (loyihalar) hamda buyurtmaçilar kesimida taqsimlaş tartibi belgilandi.

Hujjatga muvofiq, vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, şuningdek viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari mazkur mablağlardan foydalaniş böyiça öz takliflarini elektron şaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

Bunda nizom ilovasida mablağlarni ajratiş mumkin bölgan maqsadli yönalişlar hamda takliflarni taqdim etiş muddatlari aniq belgilab qöyilgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelib tuşgan takliflarni bir oy muddatda örganib çiqadi va davlat dasturi doirasida obektlar böyiça manzilli röyxatni şakllantiradi. Şuningdek, uşbu röyxat har çorakda kamida bir marta hukumatga tasdiqlaş uçun taqdim etib boriladi.