Jahon | 09:06 / 13.11.2018
4641
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Puerto-Rikoni qo‘shimcha moliyaviy yordamdan mahrum qilmoqchi

Foto: Olivier Douliery / CNP / AdMedia / Global Look Press

AQSh prezidenti Donald Tramp dovullardan jabr ko‘rgan Puerto-Rikoni qo‘shimcha moliyaviy yordamdan mahrum qilish niyatida. Bu haqda CNN manbalarga asosan xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp ma'muriyatining fikricha, Puerto-Rikoni dovullar oqibatlarni bartaraf etish ishlari uchun moliyalashtirish ajratish nazarda tutilgan qonun loyihasidan chiqarib tashlash kerak.

Ta'kidlanishicha, Puerto-Riko hozirga qadar yordam sifatida ajratilgan barcha pullarni sarflab bo‘lmagan.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalari Tramp Puerto-Rikodagi dovul qurbonlari soniga ishonmaganligi sababli «qattiq tanqid» qilingani haqida xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp va Makron o‘rtasidagi do‘stlik tugagani haqida ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid